Belgiyalik suratkash sariq pingvinni suratga oldi

Belgiyalik suratkash sariq pingvinni suratga oldi

Belgiyalik fotosuratchi Iv Adams Janubiy Jorjiya orolida noyob pingvinni uchratdi va uni suratga olishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda "Izvestiya" telekanali xabar bermoqda.

"Men hech qachon sariq pingvinni ko‘rmaganman va u haqda eshitmaganman. Narigi qirg‘oqdagi 120 ming pingvin orasida faqat bittasi sariq rangda edi", deya ta’kidlaydi fotosuratchi.

Olimlarning fikriga ko‘ra, bu ushbu turdagi qushlardagi yangi patlar pigmenti. Shuningdek, ajoyib rang genetik mutasiyaga bog‘liq bo‘lish ehtimoli ham bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!