Bayden Trampni bahsga chorladi. Tramp rozi bo‘ldi

Bayden Trampni bahsga chorladi. Tramp rozi bo‘ldi

AQSh prezidenti Jo Bayden o‘zining siyosiy raqibi Donald Trampni prezidentlik saylovlari oldidan teledebatga chorladi. Prezident tegishli videomurojaatni X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qildi.

“Donald Tramp 2020 yilda ikki marta men bilan bahslarda yutqazdi. O‘shandan beri u bahslarda qatnashmadi. Endi u o‘zini xuddi men bilan yana bahslashishni xohlayotgandek tutmoqda. Men buni ikki marta boshdan kechirishga ham tayyorman. Kunni tanla, Donald ", dedi Bayden.

O‘z navbatida Tramp o‘zining «Truth Social» ijtimoiy tarmog‘ida tegishli postni e’lon qilib, chaqiruvni qabul qildi. «Ikki raunddan ko‘proq va ishontirish uchun juda katta auditoriya oldida o‘tkazishni qat’iy tavsiya qilaman», — deya Tramp so‘zlarini keltiradi «Amerika Ovozi».

Bayden va Tramp CNN telekanalining 27 iyun kuni debat o‘tkazish taklifini qabul qildi. Debatlarning ikkinchi bosqichi 10 sentyabr kuni ABC telekanalida namoyish etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!