Bavariyada qo‘poruvchilikka tayyorgarlik ko‘rishda gumonlanganlar ushlandi

Bavariyada qo‘poruvchilikka tayyorgarlik ko‘rishda gumonlanganlar ushlandi

17 aprel kuni Bayroyt polisiyasi Rossiya maxsus xizmatlari ko‘rsatmasi asosida Germaniyada qo‘poruvchilikka tayyorgarlik ko‘rishda gumon qilingan ikki kishini qo‘lga oldi.

Ushlanganlar AQShning Germaniyadagi harbiy ob’ektlarini kuzatgan va harbiy maqsadlarda foydalaniladigan transport yo‘llariga hujum sodir etishga tayyorgarlik ko‘rgan, deya ta’kidlaydi Der Spiegel jurnali va ARD media-kompaniyasi.

Germaniya bosh prokurorining so‘zlariga ko‘ra, ish bo‘yicha ayblanuvchilar, xususan, «Germaniyaning Ukrainaga ko‘rsatayotgan harbiy yordamiga putur yetkazmoqchi bo‘lgan».


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!