"Barselona" Xavi borasidagi qarorini o‘zgartirdi

"Barselona" Xavi borasidagi qarorini o‘zgartirdi

"Barselona" rahbarlari joriy mavsum oxirida Xavini murabbiylik ko‘prigida qolishga ishontirishga umid qilishgan.

Endilikda, Chempionlar ligasidan chiqarib yuborilganidan so‘ng, Kataloniya klubi Xavini saqlab qolish uchun harakat qilmoqchi emas. Bu haqda AS nashriga tayanib xabar bermoqda.

Xavi mavsum yakunida “Barselona”ni tark etish qarorini yanvar oyi oxirida e’lon qilgan edi. Eslatib o‘tamiz, “Barselona” seshanba kuni o‘z maydonida “PSJ”ga 1:4 hisobida imkoniyatni boy bergan edi. Aynan parijliklar umumiy hisobda 6:4 hisobida g‘alaba qozonib, Chempionlar ligasining yarim finaliga yo‘l olishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!