"Barselona" va PSJ vakillari o‘rtasida janjal yuzaga keldi

"Barselona" va PSJ vakillari o‘rtasida janjal yuzaga keldi

Kilian Mbappe va PSJning boshqa futbolchilarining o‘zini tutishi "Barselona" futbolchilari bilan janjalga sabab bo‘ldi.

Olimpiya stadionida o‘tgan Chempionlar ligasi chorak final javob o‘yinidan (1:4) so‘ng PSJning ba’zi vakillari futbolchi va muxlislarga kesatiq gaplar bilan murojaat qilishdi.

Ulardan biri Kilian Mbappe bo‘ldi. U jamoadoshlariga bir nimalar deb baqirib, g‘alabani qasos olingandek nishonladi. Bahsdan so‘ng futbolchi muxlislarga qarab "olg‘a" deb qichqirdi va bu ishqibozlarning g‘azabiga sabab bo‘ldi.

Shu bilan birga Mbappe tribunaosti yo‘lagida quyidagi gapni aytdi: "Bu futbol, maydonda gapirish kerak".

Bu "Barselona"ning ba’zi vakillariga yoqmadi. Shundan so‘ng Kataloniya klubining futbolchilari fransiyalikka yuzlanishdi. Tez orada ko‘pchilik ishtirokida katta janjal yuzaga keldi.

Janjalda 60dan ortiq kishi ishtirok etdi: futbolchilar, murabbiylar, assistentlar va qo‘riqlash xizmati vakillari. Ammo ularning hech biri jiddiy jarohat olgani yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!