“Barselona” klubi “PSJ”ning Yamal bo‘yicha taklifini rad etdi

“Barselona” klubi “PSJ”ning Yamal bo‘yicha taklifini rad etdi

“Barselona” yarim himoyachisi Lamin Yamalning manfaatlarini himoya qiluvchi agent Jorje Mendesh “PSJ” rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi va kataloniyaliklar klubi 16 yoshli futbolchini hatto fransuz giganti 200 million yevro to‘lashga tayyor bo‘lishiga qaramay, sotmasligini aytdi. Bu haqda Mundo Deportivo xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar hech qanday pul evaziga Yamal bilan xayrlashish niyatida emas. “Barselona” 16 yoshli futbolchini klubning kelajagi deb hisoblamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAVda “PSJ” klubi Yamalni kelasi yozda Parij klubini tark etishi mumkin bo‘lgan hujumchi Kilian Mbappe o‘rniga o‘rinbosar sifatida ko‘rayotgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi.

Joriy mavsumda Yamal barcha turnirlarda 44 ta o‘yinda qatnashib, 6 ta gol va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 75 million yevroni tashkil qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!