Avtomobil oldi-sotdisidagi firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik erkak Turkiyada ushlandi

Avtomobil oldi-sotdisidagi firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik erkak Turkiyada ushlandi

Avtomobil oldi-sotdisidagi firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik erkak Turkiyada ushlanib, deportasiya qilindi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Istanbul shahrida qo‘lga olingan, 2014 yildan buyon avtomobil oldi-sotdisi sohasida ko‘plab firibgarlik jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanib qidiruvda bo‘lgan, 1979 yilda tug‘ilgan J.X. 3 avgust kuni bosh konsulxona xodimlari ishtirokida O‘zbekistonga deportasiya qilindi.

Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi yoxud uning quyi tizimlariga murojaat qilish so‘raldi.

“Jinoiy javobgarlikdan qochib xorijiy davlatlarda, shu jumladan Turkiyada yashirinib yurgan har bir shaxsga nisbatan jinoiy ta’qib izchil ravishda davom ettiriladi va jinoyat uchun javobgarlik prinsipi qat’iy ta’minlanadi”, deyiladi xabarda.

Bosh konsulxona so‘nggi vaqtlarda firibgarlik sodir etilishi holatlari yuzasidan kelayotgan murojaatlar soni ortganini inobatga olib, fuqarolardan ularga aldanib qolishdan ogoh bo‘lishga chaqirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!