AQShda ilk bor: hijobli muslima teleyangiliklar boshlovchisi bo‘ldi

AQShda ilk bor: hijobli muslima teleyangiliklar boshlovchisi bo‘ldi

Tohira Rahmon AQShda teleyangiliklarni hijobda olib boradigan ilk boshlovchi bo‘ldi. U Illinoys va Ayova shtatlarida efirga chiqadigan WHBF telekanalida faoliyat ko‘rsatadi.

Tohira Rahmon “Anadolu” agentligiga bergan intervyusida 11 sentyabr voqealaridan keyin amerikaliklarda musulmonlar haqida hosil bo‘lgan noto‘g‘ri tasavvurni o‘zgartirish uchun jurnalistikani tanlaganini ma’lum qildi.

“11 sentyabr voqelaridan keyin AQShda musulmonlarga dushmanga qaraganday qaray boshlashdi. Men shu yerda tug‘ilib o‘sganman, lekin hatto qo‘shnilarimiz ham bizdan shubhalanadigan bo‘lib qoldi. Shuning uchun men bu noto‘g‘ri tasavvurni o‘zgartirish uchun nimadir qilishga ahd qildim”, – dedi u.

Uning otasi pokistonlik, onasi esa hindistonlik. Ular Tohiraning Chikagodagi Loyola universitetining jurnalistika fakultetida o‘qishini qo‘llab-quvvatlashdi.

“O‘qish va amaliyot paytida mendan “Ishda ro‘molingni yechasanmi?” deb ko‘p so‘rashgan. Men har safar qat’iy qilib “yo‘q” deganman. Oqibatda o‘nlab ish beruvchilardan rad javobini oldim”, – deya eslaydi Tohira Rahmon.

U WHBF telekanalidagi faoliyatini prodyuser yordamchiligidan boshladi. Ikki yildan keyin esa orzusiga erishdi – teleyangiliklar boshlovchisi bo‘ldi.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!