AQSh va Hindiston birgalikda uchuvchisiz o‘zi uchar qurilmalar yaratadi

AQSh va Hindiston birgalikda uchuvchisiz o‘zi uchar qurilmalar yaratadi

AQSh mudofaa vazirining Hindiston – Tinch okeani mintaqasida xavfsizlik masalalari bo‘yicha yordamchisi Eli Ratnerning bayonot berishicha, AQSh bilan Hindiston birgalikda dronlar ishlab chiqaradi, deb yozmoqda Frans Press agentligi.

Hindiston uchish apparatlarini ishlab chiqaradi va mintaqadagi boshqa mamlakatlarga eksport qiladi, deyiladi xabarda. Ta’kidlanishicha, Hindiston o‘zining qurol-yarog‘larini diversifikasiya qilish hamda mudofaa qobiliyatni oshirish niyatida.

"Biz Hindistonni ushbu ikki yo‘nalishda ham qo‘llab-quvvatlamoqchimiz. Amaliy nuqtai-nazardan olib qaraganda, bu bizning Hindistonni mudofaa qobiliyatini mustahkamlash bilan bog‘liq masalalarda ushbu mamlakat bilan yaqin hamkorlik qilmoqchi ekanimizni bildiradi", – deya keltiradi Ratnerning so‘zlarini agentlik.

Agentlikning ta’kidlashicha, Ratnerning bayonot berishicha, Pentagon yaqin va o‘rta muddatli istiqbolda “yirik qurollarni birgalikda ishlab chiqarish” masalasida ham Hindiston bilan hamkorlik qilinishi mumkin. Lekin u aynan qanday qurol ustida gap ketayotgani haqida ma’lumot bermagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!