AQSh va Yevropa Ittifoqi Baydenning iqtisodiy siyosati tufayli ajralish bilan tahdid qilmoqda,- Foreign Policy

AQSh va Yevropa Ittifoqi Baydenning iqtisodiy siyosati tufayli ajralish bilan tahdid qilmoqda,- Foreign Policy

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqining ichki bozor bo‘yicha komissari Terri Breton savdo va texnologiyalar bo‘yicha Yevropa Ittifoqi-AQSh kengashi yig‘ilishlarida ishtirok etishdan bosh tortgan. U «Evropa sanoat bazasining raqobatbardoshligini saqlab qolish»ni ustuvor vazifa deb atadi.

Sharh muallifi Edvard Oldenga ko‘ra, AQSh va YEI o‘rtasidagi kelishmovchiliklar Ukrainadagi mojaro fonida ayniqsa keskinlashgan. Jurnalistning yozishicha, hozir Yevropada gaz Amerikanikidan 10 barobar qimmat — bu Yevropa sanoatini «o‘ta noqulay raqobat holatiga» qo‘ygan.

«Bir necha oy davomida faqat jimgina norozilik bo‘ldi, lekin o‘tgan hafta norozilik avj oldi. Vashingtondagi har bir yangi chora tarozilarni Yevropaga emas, AQShga sarmoya kirituvchi kompaniyalar foydasiga og‘diradi», - deya qayd etadi Olden.

G‘arb Moskvaga qarshi sanksiyalar va Rossiya yoqilg‘isidan voz kechish siyosati tufayli energiya narxining oshishi va rekord darajadagi inflyasiyaga duch kelmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!