AQSh O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasiga 50 dona ko‘rik majmuasini topshirdi

AQSh O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasiga 50 dona ko‘rik majmuasini topshirdi

Bojxona qo‘mitasida AQShning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Xenik boshchiligidagi delegasiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi bojxona hamkorligining hozirgi holati va istiqbollarini atroflicha muhokama qilgan. Tadbir doirasida Bojxona qo‘mitasida AQShning Eksport nazorati va chegara xavfsizligi (EXBS) dasturi doirasida 50 dona ST-40 ko‘rik majmuasini qabul qilish marosimi ham bo‘lib o‘tgan.

AQSh elchisi ushbu uskunalar chegara xavfsizligi va xizmat faoliyati samaradorligini oshirishda o‘z samarasini berishini ta’kidlab o‘tgan. Shuningdek, AQSh elchixonasi Bojxona qo‘mitasi uchun dolzarb hisoblangan yo‘nalishlarda hamkorlik qilishdan mamnun ekanini qayd etgan. AQShning Qurolsizlantirish va ularning tarqalishini oldini olish fondi loyiha boshqaruvchisi D. Xirsh esa kelgusida Bojxona qo‘mitasi uchun zarur bo‘lgan uskunalarni tanlash bo‘yicha hamkorlikda ish olib borish mumkinligini bildirgan.

Shu bilan birga, uchrashuvda 18—19 aprel kunlari Bojxona institutining Qayta tayyorlash va malaka oshirish fakultetida AQShning EXBS dasturi tomonidan Bojxona qo‘mitasi xodimlari uchun ST-40 ko‘rik majmuasidan samarali foydalanish bo‘yicha o‘quv kursi o‘tkazilishi rejalashtirilib olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!