AQSh Turkiyaning Bransonga aloqador taklifini rad etdi

AQSh Turkiyaning Bransonga aloqador taklifini rad etdi

AQSh Turkiyaning taklifini rad qildi va Halkbank turk bankiga nisbatan surishtiruv ishlarini to‘xtatmaydi. Bu haqda The Wall Street Journal gazetasi Oq uydagi yuqori lavozimli rasmiyga tayangan holda yozmoqda.

Anqara agarda AQSh Eronga nisbatan sanksiyalarni buzganligi sababli Qo‘shma Shtatlarda turk bankiga tahdid solayotgan milliardlab dollarlik jarimadan voz kechsa, amerikalik pastor Endryu Bransonga qo‘yilgan ayblovlarni olib tashlash taklifi bilan chiqdi. Amerikalik pastor Endryu Branson terrorizmga yordam berish ayblovi bilan Turkiyada uy qamog‘ida ushlab turilibdi. WSJ’ning yozishicha, Anqara Vashingtondan Halkbank bankiga nisbatan surishtiruvdan voz kechishni so‘radi. Materialda aytilishicha, AQSh Turkiyaning bu taklifini rad etdi.

WSJ manbasi so‘zlariga ko‘ra, AQShning NATO bo‘yicha ittifoqchisi Bransonni hibsga olmagan bo‘lardi. Shu bilan birga, AQSh Bransonga qarshi ayblovlarni asossiz deb atamoqda. Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp Branson ozod qilinmagunga qadar, Turkiya uchun po‘lat va alyuminiy boji ikki baravar ortiq bo‘lishi bilan tahdid qildi. Shuningdek, Oq uy ikki yuqori martabali turk mulozimiga nisbatan sanksiyalar qo‘lladi.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!