AQSh savdo kemalariga hujum uyushtirilganini tasdiqladi

AQSh savdo kemalariga hujum uyushtirilganini tasdiqladi

AQSh 16 iyul, seshanba kuni Qizil dengizda ikkita savdo kemasi – Rossiyadan Xitoyga o‘simlik moyini olib ketayotgan Bentley I tankeri va Chios Lion neft tankeriga hujum qilinganini tasdiqladi. AQSh harbiylariga ko‘ra, Bentley I shikastlanmagan, qurbonlar bo‘lmagan va reysni davom ettirishga muvaffaq bo‘lgan. Shu bilan birga, hujum natijasida Chios Lion’ga zarar yetgan, biroq odamlar jabrlanmagan.

Har ikki hujum uchun javobgarlikni Yaman husiychilari o‘z zimmasiga oldi. So‘nggi oylarda ular Qizil va O‘rta Yer dengizlarida ballistik raketalar, uchuvchisiz uchoqlar va qayiqlar yordamida kemalarga hujum uyushtirilgani haqida bir necha bor xabar berishgan. Guruhning harbiy qanoti vakili Yahyo Sarining aytishicha, hujumlar Isroilning G‘azo sektoriga bergan zarbalariga javoban amalga oshirilgan.

Avvalroq Britaniya Harbiy-dengiz kuchlari Dengiz savdosini muvofiqlashtirish boshqarmasi (UKMTO) Qizil dengizda Yamanning Xodeyda shahri yaqinida ikkita kemaga hujum qilingani, birining ekipaji esa kemaga zarar yetganini bildirgani to‘g‘risida xabar bergandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!