Marokashda 2030 yilgi jahon chempionati uchun dunyodagi eng katta futbol stadioni quriladi.

Marokashda 2030 yilgi jahon chempionati uchun dunyodagi eng katta futbol stadioni quriladi.

Majmua 100 gektar maydonni egallaydi va 115 ming kishini sig‘dira oladi, uning ajralib turadigan tomoni an’anaviy Marokash chodirlari uslubidagi tom bo‘ladi. Loyiha qiymati taxminan — 455 million dollar.

Aytgancha, hozirda Shimoliy Koreyadagi "Birinchi May" stadioni eng kattasi hisoblanadi. 1989 yilda ochilganida 150 000 tomoshabinga mo‘ljallangan edi, ammo 2010 yillarda rekonstruksiyadan so‘ng o‘rindiqlar soni 114 mingtagacha qisqargan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!