AQSh rasmiylari Isroil Livan bilan urush boshlashidan xavotirda — CBS News

AQSh rasmiylari Isroil Livan bilan urush boshlashidan xavotirda — CBS News

Vashington Isroil va Hizbulloh o‘rtasidagi keskinlashuv Qo‘shma Shtatlarning ittifoqchilari va Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan jangari guruhlar o‘rtasida kengroq mojaroga olib kelishi mumkinligidan xavotirda.

AQSh rasmiylariga ko‘ra upush Suriya, Iroq va Iordaniyadagi Amerika qo‘shinlarini xavf ostiga qo‘yadi va butun mintaqada keskinlikni oshiradi.

Qolaversa, mojaroning kuchayishi HAMAS bilan o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni qaytarish bo‘yicha kelishuvga erishishni qiyinlashtiradi.

Shuning uvhun Baydenning diplomatik maslahatchilari mojaroni yumshatish ustida ishlash uchun tez orada Isroilga borishi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!