Apellyasiya shikoyatini (protestini) qabul qilish masalasi viloyat va unga tenglashtirilgan apellyasiya, kassasiya instansiyasi sudi sudyasiga berildi

Apellyasiya shikoyatini (protestini) qabul qilish masalasi viloyat va unga tenglashtirilgan apellyasiya, kassasiya instansiyasi sudi sudyasiga berildi

Apellyasiya shikoyatini (protestini) qabul qilish masalasi viloyat va unga tenglashtirilgan apellyasiya, kassasiya instansiyasi sudi sudyasiga berildi.

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Obidov ma’lum qildi.

🟡Plenum qarorida apellyasiya, kassasiya shikoyatini (protestini) yo‘llash va yuborish, ishni ko‘rgan sud esa shikoyatni (protestni) ish bilan birga viloyat va unga tenglashtirilgan sudga yuborish tartibi yuzasidan aniq tushuntirish berilgan.

🟡Qarorda sud hujjatini qabul qilgan sud berilgan shikoyatni (protestni) prosessual qonunning biron-bir talablariga mos emasligi asosi bilan qaytarish masalasini hal qilishga haqli emasligi tushuntirilgan.

🟡Plenum qarorida shikoyat (protest) berish muddati uzrli deb topilgan sabablarga asosan tiklanganda, ish bo‘yicha boshqa shaxslar tomonidan o‘tkazib yuborilgan muddat, o‘tkazib yuborilishi sabablaridan qat’i nazar, tiklash to‘g‘risidagi masalani qo‘shimcha ravishda hal qilish talab etilmasligi ham batafsil tushuntirilgan.

🟡Bunday shikoyat (protest) tegishli talablarga rioya etgan holda apellyasiya, kassasiya muhokamasi tugaganiga qadar shu instansiya sudiga berilishi mumkin va umumiy asoslarda ko‘rib chiqilishi lozim.

🟡Plenum qaroridagi asosiy tushuntirishlardan yana biri prosessual qonunchilikka kiritilgan yangi prosessual harakat, ya’ni faqat apellyasiya, kassasiya instansiya sudlari vakolati hisoblangan ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari bo‘yicha ko‘rish tartibidir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!