Angrenga er-xotin fojiali tarzda halok bo‘ldi

Angrenga er-xotin fojiali tarzda halok bo‘ldi

Joriy yil 24 aprelga o‘tar kechasi Toshkent viloyatining Angren shahrida Ko‘kterak mahallasida yashagan A.N. uyida isitish pechiga ko‘mir yoqib, uxlab qolishi oqibatida o‘zi va rafiqasi O‘.N.lar ko‘mir isidan zaharlanib, voqea joyida vafot etganlar. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi isitish maqsadida ko‘mir-gaz va boshqa yoqilg‘i mahsulotlaridan foydalanganingizda xavfsizlik qoidalariga rioya qilishingizni so‘raydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!