Angliya Liga kubogi. «Manchester Siti» yarimfinalga yo‘l oldi

Angliya Liga kubogi. «Manchester Siti» yarimfinalga yo‘l oldi

Angliya Liga kubogining chorak finalidan o‘rin olgan ikkita uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Musobaqaning amaldagi g‘olibi Manchester Siti Lester mehmoni bo‘lib, asosiy vaqtda 1:1 hisobidagi durangga rozi bo‘ldi. Penaltilar seriyasida mezbonlar muvaffaqiyatsiz qatnashib, shaharliklar ni yarimfinalga kuzatib qo‘ydi.

Boshqa bir bahsda ikkinchi va uchinchi liga jamoalari Midlsbro va Berton to‘qnash keldi. Ikkinchi bo‘lim boshida urilgan Jeyk Hesket tomonidan urilgan gol uchinchi divizion vakili Berton ni Liga kubogi yarimfinaliga olib chiqdi.

Bugun Londonda o‘tadigan ikkita o‘yin final ostonasiga qadam qo‘yadigan yana ikki jamoani aniqlab beradi. Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:45da Chelsi Bornmut ga qarshi, Arsenal esa Tottenhem bilan maydonga tushadi.

Angliya Liga kubogi
Chorak final, 18 dekabr
Lester Manchester Siti 1:1 (0:1)
Penaltilar bo‘yicha - 1:3
Gollar: 0:1 14 de Bryuyne, 1:1 73 Olbrayton.
Lester Uord, Simpson, Seyundjyu, Fuks, Maguayr, Ndidi, Iborra (Olbrayton, 61), Gezzal (Meddison, 53), Chouduri, Grey, Ixeanacho (Rikardu Pereyra, 81).
Manchester Siti Murich, Uoker, Erik Garsiya, Otamendi, Stounz, Foden, Zinchenko, Marez, de Bryuyne (Gyundogan, 71), Braim Dias (Sterling, 66), Aguero (Gabriel Jezus, 76).
Penaltilar seriyasi: 1:0, 1:1, 1:2, 1:3.
Ogohlantirishlar: Foden (50), Gyundogan (85).

Midlsbro Berton 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 48 Xesket.

19 dekabr (bugun tunda)
00:45. Chelsi Bornmut
00:45. Arsenal Tottenhem

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!