Andijonda yuk mashinasi temir yo‘l ko‘prigiga borib urildi

Andijonda yuk mashinasi temir yo‘l ko‘prigiga borib urildi

Andijonda haydovchisi uxlab qolishi oqibatida yuk mashinasi temir yo‘l ko‘prigiga borib urildi.

Viloyat YHXB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 5 avgust kuni soat 4:00 larda 2002 yilda tug‘ilgan fuqaro A.S. boshqaruvida bo‘lgan Howo rusumli yuk avtomashinasini Andijon tumani “Sanoat” mahallasi hududidan o‘tgan 4R-116 avtomobil yo‘lining 83-kilometrida harakatlanib ketayotib, uxlab qolishi oqibatida boshqaruvni yo‘qotgan va temir yo‘l ko‘prigiga borib urilgan.

Ushbu YTH oqibatida yuk mashinasi hamda temir yo‘l ko‘prigi zararlangan. Tan jarohati olganlar yo‘q.

Hozirda holat yuzasidan Andijon tumani IIB Yo‘l harakati xavfsizligi guruhi xodimlari tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!