17 yoshli qiz, turmushga chiqmagan: Andijonda o‘lik holda topilgan chaqaloqning onasi haqida ma’lumot berildi

17 yoshli qiz, turmushga chiqmagan: Andijonda o‘lik holda topilgan chaqaloqning onasi haqida ma’lumot berildi

2022 yil 21 yanvar kuni soat 09-30 larda, Jalaquduq tumani, Janubiy Olamushuk shaharchasi, Ittifoq MFY, Tikka ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylar joylashgan xududdan yangi tug‘ilgan (qiz jinsli) chaqaloqning jasadi tashqi tan jarohatlarsiz topilgan.

Mazkur holat bo‘yicha voqea joyi tuman prokurori, tuman prokuraturasi tergovchisi, tuman IIB boshlig‘ining 1-o‘rinbosari, EKB eksperti, viloyat sud tibbiy ekspertiza mutaxassisi, hamda tezkor-tergov guruhi a’zolari ishtirokida xodisa joyi va chaqaloq jasadi ko‘zdan kechirilgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida mazkur chaqaloqni Jalaquduq tuman, Janubiy Olamushuk shaharchasi, Navoiy MFY, Birlik ko‘chasi, 1-uy, 8-xonadonda yashovchi voyaga yetmagan 01.07.2004 yilda tug‘ilgan Shamshiddinova M. R. qayd etilgan manzildagi yashash uyining yonidagi qurilishi tugallanmagan bino ichida joriy yilning 20 yanvar kuni soat 23:00 larda o‘lik xolatda tug‘ib, chaqaloqni jasadini ushbu binoning orqa tomoniga tashlab ketganligi aniqlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi sud-tibbiy ekspertizasi ilmiy-amaliy markazi Andijon filialining dastlabki ma’lumotnomasida tug‘ilgan chaqaloq o‘lik xomila ekanligi aniqlangan.

Chaqaloqning o‘lim sabablarini hamda badanlarida tan jarohatlari yoki ularning izlari bor-yo‘qligini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlanib, ijro etishlik uchun viloyat sud-tibbiy ekspertiza byurosiga yuborilgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining "Aniq.uz"ga xabar berishicha, marhumaning onasi turmushga chiqmagan, muqaddam sudlanmagan, millati qirg‘iz.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jalaquduq tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari davom ettirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!