Andijonda avtofalokat sodir bo‘ldi

Andijonda avtofalokat sodir bo‘ldi

2019 yil 13 aprel kuni Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani Barkamol avlod ko‘chasida yashovchi Z.S. o‘zining Cobalt rusumli avtomashinasini A-373 Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon-Andijon-O‘sh yo‘lining 464-km.da haydab ketayotib, qarshisidan harakatlanib kelayotgan fuqaro B.YU. boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, Lacetti yo‘lovchisi jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!