Andijonda 51 yoshli erkak baxtsiz hodisa qurboni bo‘ldi
Joriy yilning 9 iyul kuni soat 17.30larda fuqaro 24 yoshli K.M. boshqaruvidagi “MAN” rusumli yuk avtomashinasini Andijon viloyatining Shahrixon tumani Qum mahallasi hududida haydab ketayotgan vaqtida yuk avtomashinasi tirkamasining o‘ng old tomon g‘ildiragi yorilib tirkama ulagichi sinib ketib, yo‘l chetida turgan Shahrixon tumanida yashagan 51 yoshli piyoda G.X.ni urib yuborgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, G.X. olgan tan jarohatlaridan voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)