Ana xolos! Toshkentlik oilali erkak “sevgilisi”ning turmushga chiqishiga qarshilik ko‘rsatmoqda

Ana xolos! Toshkentlik oilali erkak “sevgilisi”ning turmushga chiqishiga qarshilik ko‘rsatmoqda

2018 yilning 16 oktyabr kuni Sergeli tumani IIO FMBga 25 yoshli M.N. Toshkent viloyatida yashovchi 27 yoshli Z.B. ustidan shikoyat ariza bilan murojaat qildi.

Shikoyat qilgan qiz o‘z arizasida oilali bo‘lgan Z.B. bilan bir qancha vaqt yaqin munosabatlarla bo‘lib yurgani va u Z.B.ning xotini, oilasi borligini bilganidan so‘ng, aloqalarini to‘xtatganini ma’lum qilgan.

Shundan so‘ng u, turmushga chiqish harakatida bo‘lgani va buni bilgan Z.B. uning turmushga chiqishiga qarshilik qilayotganini ham bildirgan.

Ushbu holat yuzasidan hozirda, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 136-moddasi tartibida Z.B.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani Toshkent shahar IIBB tomonidan ma’lum qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!