Ana xolos! "Guliston Yog‘-ekstrakt" korxonasi ishchilariga maosh o‘rniga uzum berilgan!

Ana xolos! "Guliston Yog‘-ekstrakt" korxonasi ishchilariga maosh o‘rniga uzum berilgan!

25 dekabr kuni Guliston Yog‘-ekstrakt korxonasi ishchilari ish haqi hisobidan har biri 10 kgdan bo‘lgan bir yashikdan uzum tarqatildi.

Uz24.uz ning yozishicha, feysbukdagi Xalq bilan muloqot/Dialog s narodom sahifasida ham Guliston Yog‘-ekstrakt korxonasida ishchilarga uzum tarqatilgani tanqid qilindi.

Guliston Yog‘-ekstrakt AJ tomonidan ayni paytda oylik hisobidan tarqatilayotgan uzum. Katta ehtimol bilan eksportdan qaytgan! Har bir ishchiga 10 kgdan, narxi 70 ming. 70%i iste’molga yaroqsiz! , deyiladi Feysbukka joylangan postda.

Feysbukda Guliston ekstrakt -Yog‘ korxonasi ishchilariga berilgan uzumlar suratlari ham e’lon qilindi.

Ulardan birida, yashikning pastki qismidagi uzumlar yaroqsiz holga kelib qolgani ko‘rinadi.

Bu haqda hozircha rasmiy ma’lumot berilgani yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!