Ana xolos! Fransiyada 102 yoshli kampir 92 yoshli kampirni o‘ldirganini tan oldi

Ana xolos! Fransiyada 102 yoshli kampir 92 yoshli kampirni o‘ldirganini tan oldi

Fransiyaning Shezi-Syur-Marn kommunasidagi qariyalar uyida yashovchi 102 yoshli ayol 92 yoshli qo‘shnisini o‘ldirishda gumon qilina boshlandi. Bu haqda France Info axborot portali xabar berdi.

Noma’lum bo‘lib qolishni istagan gumonlanuvchi qariyalar uyi xodimlaridan biriga “odam o‘ldirganini” aytgan. Xodima qurbonni karavotda jonsiz holda topgan, uning yuzida ko‘plab lat yeyish jarohatlari bo‘lgan. Ekspertiza qurbon bo‘g‘ish va boshga urishdan o‘lganini ko‘rsatgan.

Ayni vaqtda gumonlanuvchi ayol psixiatrik kasalxonada qolmoqda. Mutaxassislar ayolning holatini baholab, uni jinoiy javobgarlikka tortish mumkin-mumkinmasligini aniqlashtirishmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!