Ana xolos! Erkak o‘g‘lining sochini yaxshi olmagani uchun ikkita sartarosh va sartaroshxona egasini jazoladi (video)

Ana xolos! Erkak o‘g‘lining sochini yaxshi olmagani uchun ikkita sartarosh va sartaroshxona egasini jazoladi (video)

Qozog‘istonlik erkak o‘g‘lining sochini yomon kaltalatgani uchun sartaroshlar sochini kal qilib olishga majburladi. Sputnik Qirg‘iziston xabariga asosan.

Ta’kidlanishicha, hodisa Nur-Sultonda sodir bo‘ldi. Erkak sartaroshxonaga bita bilan kelib, ikkita sartaroshni biri-birini sochini to‘liq olib tashlashga majbur qildi. Sartaroshxona egasiga ham shu chora ko‘rildi.

Keyinchalik zo‘rovon erkak uyi yaqinida kaltaklandi va sodir etgan ishi uchun kechirim so‘rashga majburlandi.

Tarmoqda video tarqaldi. Bu lavha bo‘yicha polisiya izoh berdi.

 

“Ijtimoiy tarmoqlarda Nur-Sultonda sartarosh ustalar va mijoz o‘rtasida yuz bergan mojaro tasvirga olingan video tarqaldi. Hozirgi vaqtda mojaro ishtirokchilar shaxsi aniqlandi, surishtiruv olib borilmoqda”, - deb ta’kidlandi poytaxt polisiya departamentida.

Ta’kidlanishicha, hodisa ishtirokchilaridan hech biri polisiyaga ariza bilan murojaat qilmadi.  

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!