Ana xolos! “Artel” yana "qovun tushirdi"

Ana xolos! “Artel” yana "qovun tushirdi"

Farg‘onalik D.Sariboyeva “Mohigul yuksalish savdo” do‘konidan 2 mln 100 ming so‘mga muzlatgich sotib oladi, uni ishlatish jarayonida yaxshi ishlamaganligi sababli savdo do‘koni mas’uliga qo‘ng‘iroq qiladi. 

"Xalq so‘zi onlayn"ning yozishicha, mas’ul xodim “Artel” rusumli muzlatgich bo‘lganligi sababli mazkur kompaniyaning Farg‘ona shahridagi servis markaziga yozma ravishda murojaat qilishlarini aytadi. Servis xizmatdan mutaxassis kelib, tuzatib ketgandan so‘ng ham muzlatgich yaxshi ishlamaydi. Bundan jahli chiqqan D. Saribayev Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federasiyasiga murojaat qiladi.

Federasiya xodimlari do‘kon ma’muriyati va servis xizmati xodimlariga tushuntirish ishlari olib borib, ishga qonuniy yondashganlaridan so‘ng servis markazi mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan qayta o‘rganish jarayonida muzlatgichda bartaraf qilish imkoniyati mavjud bo‘lgan nuqson aniqlanib, kafolat muddati ichida bepul ta’mirlab berildi.

Iste’molchi ta’mirdan so‘ng muzlatgichni talab darajasida, muammosiz ishlayotganligini ma’lum qildi. Federasiyaga yoz mavsumida kelib tushayotgan eng ko‘p murojaatlardan biri bu “Artel” kompaniyasi ishlab chiqarayotgan muzlatgich va havo sovitgichlar nosoz chiqayotganidan bo‘lmoqda. Milliy brend millatning farovon hayotiga xizmat qilishi lozim emasmi?!


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!