Almazbek Atambayevning ahvoli yaxshi emasligi ma’lum qilindi

Almazbek Atambayevning ahvoli yaxshi emasligi ma’lum qilindi

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev sog‘lig‘i yomonlashgani sababli Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining hibsxonasidan kasalxonaga ko‘chirilishi mumkin. Bu haqda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev ma’lum qildi.

"Atambayevning sog‘lig‘i unchalik yaxshi emas. Agar uning ahvoli yaxshilanmasa, biz uni kasalxonaga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilamiz", – dedi Tashiyev.

Avvalroq Atambayevning advokatlari bir necha marotaba uning qon bosimi pastligini aytishgandi.

23 iyunda Almazbek Atamboyev kriminal avtoritet Aziz Batukayevning noqonuniy ozod etilishi to‘g‘risidagi ish bo‘yicha 11 yil ikki oyga ozodlikdan mahrum qilingandi.

Atamboyev Qirg‘izistonda oktyabr boshida yuz bergan ommaviy tartibsizliklar vaqtida tergov izolyatoridan ozod qilingandi. Biroq 10 oktyabrdayoq siyosatchi maxsus xizmatlar xodimlari tomonidan ushlanib, yana panjara ortiga jo‘natilgan.

30 noyabr kuni Oliy sud Batukayevning noqonuniy ozod etilishi to‘g‘risidagi ish bo‘yicha ikkita quyi instansiyaning hukmlarini bekor qildi va uni qaytadan ko‘rib chiqish uchun Bishkekning Pervomayskiy rayoni sudiga yubordi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!