Alisher Usmonovning rafiqasi Alina Kabayeva bilan bo‘lgan noodatiy voqeani esga oldi

Alisher Usmonovning rafiqasi Alina Kabayeva bilan bo‘lgan noodatiy voqeani esga oldi

Rossiya badiiy gimnastika federasiyasi prezidenti Irina Viner-Usmonova Olimpiada chempioni Alina Kabayevani shug‘ullantirgan vaqtda sodir bo‘lgan noodatiy holat haqida gapirdi, deb yozadi «Gazeta.ru».

Ma’lum bo‘lishicha, avvaliga Kabayeva faoliyatini yakunlashga qaror qilgan, biroq u orada murabbiyining oldiga keladi. Shunda Viner-Usmonova sportchiga bir shart bilan uni shug‘ullantirishini aytadi: Kabayeva doim Novogorskdagi mashg‘ulotlar bazasida bo‘lishi lozim edi. Alina rozi bo‘ladi, biroq hech qancha o‘tmay yashirincha o‘z mashinasida bazani tark etadi.

Keyinroq sportchining mashinasi o‘g‘rilab ketiladi. Usmonovaning ma’lum qilishicha, sportchining onasi mashina kalitlarini tanishlaridan biriga bergan, ular esa mashinani olib qochib ketgan. Shundan keyin Kabayeva bazadan chiqa olmaydigan bo‘ladi.

Usmonovaning ta’kidlashicha, Kabayeva bu «o‘g‘irlik» haqida oradan 15 yil o‘tib bilgan.

«U shunday ona bilangina chempion bo‘la olardi», — deydi Usmonova.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!