Aleksandr Lukashenkoning samolyoti sotuvga qo‘yildi

Aleksandr Lukashenkoning samolyoti sotuvga qo‘yildi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bir vaqtlar uchgan Tu-154M samolyoti sotuvga qo‘yildi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Xabarda aytilishicha, samolyotning boshlang‘ich narxi 2 million dollardan ko‘proqni tashkil qiladi.
Savdolarda ushbu summadan 10 foiz bo‘nak kiritadigan istalgan tashkilot yoki shaxs ishtirok eta oladi.
1995 yilda ishlab chiqarilgan EW-85815 bort raqamiga ega samolyot uchun savdolar Minsk aeroportida 5 dekabrda boshlanishi rejalashtirilgan.

“Belavia” aviakompaniyasida samolyot davlat rahbari tomonidan qo‘llangani haqidagi ma’lumotni tasdiqlash yoki rad etishga haqli emasliklari aytilgan.

“Biz savdoga qo‘yilgan samolyotning ko‘rsatkichlari haqidagi ma’lumotni bera olamiz”, - deb ta’kidladi aviakompaniya vakili.

Lukashenko samolyoti haqidagi ma’lumot uning Xitoyga 2016 yildagi safari vaqtida paydo bo‘lgan.

Prezidentga tegishli Tu-154M Novosibirskda qo‘nib o‘tgan va aynan shu yerda qayd qilingan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!