Akasini pichoqlab o‘ldirgan ukaga hukm o‘qildi

Akasini pichoqlab o‘ldirgan ukaga hukm o‘qildi

Bundan 5 oy avval ya’ni o‘tgan yilning 17 dekabr kuni Toshkent shahri Chilonzor tumanida 25 yoshli yigit kelishmovchilik tufayli o‘z akasini pichoqlab o‘ldirgani haqida xabar bergandik.

10 may kuni mazkur hodisa yuzasidan marhumning ukasiga nisbatan ochilgan jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tumani sudida ko‘rib chiqildi va hukm e’lon qilindi.

Sudlanuvchi Nuriddin Mahmudov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-modda 3-qismi “d” bandi bilan aybdor deb topildi.

Nuriddin Mahmudovga Jinoyat kodeksining 104-modda (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3-qismi “d” bandi bilan JKning 57-moddasini qo‘llab, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. U jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tashi belgilandi. Jazoni o‘tash muddati 2020 yil 17 dekabr kunidan deb hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!