Air Canada uchuvchilariga soqol o‘stirishga ruxsat berildi

Air Canada uchuvchilariga soqol o‘stirishga ruxsat berildi

Air Canada uchuvchilariga yaqin kunlargacha soqol o‘stirishga ruxsat berilmagan, Simon Freyzer Universitetida o‘tkazilgan tadqiqot soqolning kislorod o‘tkazuvchi moslamalarning samarali faoliyati uchun xalaqit berishiga oid afsonani yo‘qqa chiqardi. CBC News shu haqida xabar berdi.

Bugunga kelib Air Canada o‘zining soqolga doir siyosatini o‘zgartirdi - ekipaj a’zolari ko‘pi bilan 1,25 santimetrgacha soqol o‘stirishi mumkin.

Bunga qadar favqulodda vaziyatlarda uchuvchi kislorod uzatuvchi niqobni kiya olishi uchun toza, soqolsiz yuz bo‘lishi kerak bo‘lgan.

Air Canada raspiratorlar samaradorligini soqolli uchuvchilardan sinab ko‘rishga qaror qilib, universitet jamoasini taklif qildi. Bunga tajribali uchuvchi-sikxning arizasi sabab bo‘ldi.

Tadqiqot natijalari muvaffaqiyatli yakunlandi. Endilikda Air Canada uchuvchilari soqolda ishlashiga izn berildi.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!