Afsus! O‘zbekistonda keksalar ham karantin qoidalarini buzmoqda

Afsus! O‘zbekistonda keksalar ham karantin qoidalarini buzmoqda

Koronavirus pandemiyasi O‘zbekistonga ham kirib kelgach hukumat tomonidan uni bartaraf etish va tarqalib ketishini oldini olish maqsadida bir qator cheklovlari karantin tadbirlari joriy etildi. Qat’iy talablar belgilandi. Qoidalarni buzganlar uchun jazolar og‘irlashtirildi.

Ammo juda ko‘plab tushuntirishlar va targ‘ibotlarga qaramasdan fuqarolar orasida karantin qoidalariga rioya qilmaslik holatlari uchramoqda. Birgina 29 martning o‘zida O‘zbekistonda 2134 marta mazkur qoidalar buzilib, tegishli tartibda rasmiylashtirilgan. Tadbir boshidan jami 12 484 holatda huquqbuzarliklar aniqlangan.

Eng achinarlisi esa mazkur huquqbuzarliklarning 1100 dan ortig‘i (qariyb 10 foizi) kasallik yuqish ehtimol yuqori eng xavfli qatlam 50 yoshdan oshgan fuqarolarimiz tomonidan sodir etilgan.

Haligacha bu kasallikning naqadar xavfli ekanini tushunmayotganlarga eslatib o‘tmoqchimiz. O‘zingiz va yaqinlaringiz salomatligiga befarq bo‘lmang. Karantin qoidalariga qat’iy rioya qiling. Bu birinchi marta o‘zingiz uchun foydali. Uyda qoling!


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!