Afsonaviy ispan futbolchisi Toshkentga keldi

Afsonaviy ispan futbolchisi Toshkentga keldi

Ispaniya terma jamoasi va Barselona klubining sobiq yulduzi Xavi bugun Toshkentga yetib keldi. Ayni paytda u Qatarning Al-Sadd jamoasi tarkibida to‘p surmoqda.

Xabaringiz bor, ushbu klub ertaga Toshkentda Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichining uchinchi turi doirasida Paxtakor ga qarshi maydonga tushadi.

Al-Sadd o‘z mamlakatining 14 karra chempioni va 16 karra kubok sohibi sanaladi. U ikki karra OCHL g‘olibi ham bo‘lgan. Murabbiysi portugaliyalik Jezualdu Ferreyra bundan oldin o‘z yurtining Benfika , Portu , Sporting , Braga , Boavishta , Ispaniyaning Malaga , Gresiyaning Panatinaikos jamoalarini boshqargan. Portugaliya, Misr va Qatar chempionatlarida zafar quchgan.

Mashhur yarim himoyachi Xavi Al-Sadd ga 2015 yilda ko‘chib o‘tgandi. Bundan oldin to‘liq faoliyatini Kataloniya klubida o‘tkazgan. 1998 yilda ushbu klubda debyut qilgan iste’dodli futbolchi barcha turnirlarda 766 ta o‘yinda maydonga tushgan.

Qatarliklar tarkibida yana bir ispan o‘yinchisi bor. U Atletiko ning sobiq sardori Gabidir.

Ayni paytda Paxtakor jadvalda dastlabki ikki turdan so‘ng 4 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi. Al-Sadd esa Saudiyaning Al-Ahli si bilan 3 ochkodan jamg‘arib, mos ravishda 2-3-o‘rinlarda bormoqda. Oxirgi o‘rinda bir ochko olgan Eronning Persepolis i jamoasi ketyapti.

Eslatib o‘tamiz, ikkinchi turda vakillarimiz o‘z uyida Al-Ahli ni Marat Bikmayevning 62-daqiqada kiritgan yagona goli evaziga kichik hisobda mag‘lubiyatga uchratgan edi.

Manba: xs.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!