Afg‘onistonda avariya: O‘zbekiston energiyasini yetkazib berishda uzilish bo‘ldi

Afg‘onistonda avariya: O‘zbekiston energiyasini yetkazib berishda uzilish bo‘ldi

2 aprel kuni tungi soat 22:15 da Afg‘oniston energotizimi iste’moli 450 mVtdan “nol” qiymatgacha kamaydi, deb xabar qildi "O‘zbekiston MET" AJ axborot xizmati.

O‘zbekiston hududida joylashgan va Afg‘onistonga elektr energiyasini uzatib beruvchi 220 kVli havo tarmoqlarida avariya holati yuz bermagan. Soat 22:30da eksport amaliyotining ma’lum qismi tiklanib, 50 MVtni tashkil etdi va hozirgi paytda havo tarmoqlari ushbu yuklama bilan ishlamoqda.

“Da Afghanistan Breshna Sherkat”dan olingan tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, Afg‘oniston hududidagi havo tarmog‘i tayanch ustunlari shikastlangan va ayni paytda afg‘onistonlik energetiklar tomonidan nosozliklarni barataraf etish yuzasidan tegishli ishlar olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!