Afg‘oniston: 2019 yilning dastlabki 3 oyida qariyb 600 kishi halok bo‘ldi

Afg‘oniston: 2019 yilning dastlabki 3 oyida qariyb 600 kishi halok bo‘ldi

BMTning Afg‘onistonga ko‘mak missiyasi ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning dastlabki uch oyida mazkur mamlakatda tinch aholi vakillaridan 581 nafari halok bo‘lgan. Bu haqda azon.uz xabar berayapti.

Ular asosan qurolli to‘qnashuvlar, bombardimonlar va xudkush hujumlarda o‘lgan. Qurbonlarning 150 nafarini bolalar tashkil etdi.

Qayd etilishicha, qurbonlarning 39 foizining o‘limi Tolibon ning aybi bilan sodir bo‘lgan. Bundan tashqari, ISHID, hukumat kuchlari, xorijlik jangarilar va boshqa guruhlar ham tinch aholining o‘limiga sabab bo‘lgan.

O‘tgan yilning shu davrida qurbonlar soni 799 nafarni tashkil etgan edi.

Manba: zarnews.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!