72 yoshli erkak pokemonlarni tutish uchun 64 ta smartfondan o‘ziga xos konstruksiya yasadi

72 yoshli erkak pokemonlarni tutish uchun 64 ta smartfondan o‘ziga xos konstruksiya yasadi

Qariyani 2018 yildan beri — Pokemon Go mashhurlikka erishgan vaqtidan buyon ko‘pchilik yaxshi taniydi. O‘sha vaqtda Chen San-Yuan velosipediga 6 ta smartfonni o‘rnatib olgandi, ikki yil ichida u konstruksiyani takomillashtirib, qurilmalar sonini 9 barobarga oshirgan.

Nafaqaxo‘r birinchi bor Pokemon Go o‘yinini ko‘rganidan buyon uning muxlisiga aylangan. U haftasiga 5-6 kun, kuniga esa 20 soatlab vaqtini o‘yinga sarflaydi. Buncha vaqtda o‘ynash uchun u bir necha smartfondan o‘ziga xos konstruksiya yaratish yo‘lini o‘ylab topgan — smartfonlarning barchasi tashqi akkumulyatorga ulangan va ular bir vaqtning o‘zida quvvatlanadi. Agarda birorta smartfonning quvvati tugasa, o‘yinni boshqa qurilma orqali davom ettirish mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!