7 ta motosikl va 2 ta mashina ishtirokida dahshatli YTH sodir bo‘ldi (video)

7 ta motosikl va 2 ta mashina ishtirokida dahshatli YTH sodir bo‘ldi (video)

Xitoyning Chanchjou shahrida "Mersedes" haydovchisi bir nechta motosikl hamda mashinalar bilan to‘qnashdi. Oqibatda ikki kishi halok bo‘ldi, 10 kishi esa jarohat oldi, deb yozmoqda "Xinhua".

Mahalliy vaqt bilan soat 10:47da "Mersedes" haydovchisi nazoratni yo‘qotgan va ikki g‘ildirakli transport vositalari uchun mo‘ljallangan yo‘lakka chiqib ketgan. Natijada u yettita motosiklni urib, yana ikkita avtomobil bilan to‘qnashgan. 

Polisiya "Mersedes"ni boshqargan 35 yoshli erkakni hibsga oldi. Tekshiruv ishlari boshlangan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!