7 hududda 198 nafar bemorda koronavirus aniqlandi. Qurbonlar soni oshdi

7 hududda 198 nafar bemorda koronavirus aniqlandi. Qurbonlar soni oshdi

2020 yil 26 sentyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 54 660 (+198) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 112 nafari Toshkent shahrida, 29 nafari Namangan viloyatida, 15 nafari Andijon viloyatida, 14 nafari Sirdaryo viloyatida, 13 nafari Jizzax viloyatida, 12 nafari Samarqand viloyatida hamda 3 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 50 954 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3 255 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 718 nafari og‘ir, 289 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!