29 iyul kuni Sayyoramiz tarixidagi eng qisqa kun qayd etildi

29 iyul kuni Sayyoramiz tarixidagi eng qisqa kun qayd etildi

O‘tgan oyning oxirida mutaxassislar sayyoramiz tarixidagi eng qisqa kunni qayd etishdi. Ma’lum bo‘lishicha, 2022 yil 29 iyul olimlarning kuzatuvi boshlangandan buyon tarixdagi eng qisqa kun bo‘lgan.

Bu haqda 3 avgust kuni M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti olimi Leonid Zotov CBS News nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Shu kuni sayyoramiz o‘z o‘qi atrofida to‘liq aylanib chiqishi uchun har qachongidan 1,59 millisoniya kam sarflagan.

Umuman, kunning odatdagi davomiyligi 24 soat yoki 86 400 soniyani tashkil etadi. Zotovning ta’kidlashicha, Yer 2016 yildan tezlasha boshlagan.

Zotovning aniqlik kiritishicha, har kuni ham qisqa bo‘lavermaydi, biroq ushbu holat davom etaversa, atom vaqtini (Erdagi vaqtni o‘lchashning universal usuli), ehtimol o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi.

CBS News nashrining yozishicha, ayrim olimlar aks qo‘shimcha soniyalarni joriy qilishni taklif etmoqda. Biroq ushbu g‘oyaga qarshilar ham bor. Ularning fikricha, shunday qilish keng ko‘lamli texnik muammolarga olib kelishi mumkin.

2021 yil yanvarda Yer 50 yil mobaynida ilk bor aylanishini tezlashtirdi, deb xabar berilgan edi. O‘shanda mutaxassislar eng qisqa kun 2020 yil 19 iyulda kuzatilganini aniqlashgandi. Shu kuni sayyoramizning o‘z o‘qi atrofida aylanishi 24 soatdan 1,46 millisoniya kam bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!