+249. O‘zbekistonning 6 hududida 200 dan ortiq odamda virus aniqlandi

+249. O‘zbekistonning 6 hududida 200 dan ortiq odamda virus aniqlandi

2020 yil 4 avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 26 550 (+249) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 126 nafari Toshkent viloyati, 79 nafari Toshkent shahrida, 14 nafari Xorazm viloyatida, yana 14 nafari Navoiy viloyatida, 11 nafari Qashqadaryo viloyatida, 5 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 17 262 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (65 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 9 127 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 927 nafari og‘ir, 224 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!