22 yoshli yigit “Spark” avtomashinasi bilan noma’lum tomonga chiqib ketib bedarak yo‘qoldi

22 yoshli yigit “Spark” avtomashinasi bilan noma’lum tomonga chiqib ketib bedarak yo‘qoldi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida joriy yilning 17 oktyabr kuni Uchtepa tumanida yashovchi Umarxon Inoyatov IIBga ariza bilan murojaat qilib, shu yil 2 oktyabr kuni birga yashovchi o‘g‘li 22 yoshli Sanjarxon Inoyatov boshqaruvidagi davlat raqami 01 Q 105 MA bo‘lgan “Spark” avtomashinasida noma’lum tomonga ketib, bedarak yo‘qolganligini ma’lum qilgan. Uni qidirib topish choralari ko‘rilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.  

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi agar siz ushbu shaxs va “Spark” avtomashinasi haqida biron-bir ma’lumotga ega bo‘lsangiz, ichki ishlar organlarining hududiy bo‘limlariga murojaat qilishingizni yoki “102” telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar berishingizni so‘raydi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!