2023 yilda 8540 muhojir halok bo‘ldi, ularning 60 foizi cho‘kib ketgan - Xalqaro migrasiya tashkiloti

2023 yilda 8540 muhojir halok bo‘ldi, ularning 60 foizi cho‘kib ketgan - Xalqaro migrasiya tashkiloti

2023 yil muhojirlar uchun zamonaviy tarixdagi eng halokatli yil bo‘ldi: 8540 dan ortiq o‘lim holati, halok bo‘lganlarning 60 foizi cho‘kib ketgan. Bu haqda Xalqaro migrasiya tashkiloti (XMT) ma’lum qildi, deya xabar beradi BMT matbuot xizmati.

“2024 yilda tendensiyalar bir xil darajada tashvishli bo‘lib qolmoqda. O‘rta yer dengizi yo‘nalishida halok bo‘lganlar soni deyarli avvalgidek ko‘p: 1 yanvardan beri 956 ta o‘lim qayd etilgan”, — deyiladi hisobotda.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, muhojirlar o‘rtasidagi har uchinchi o‘lim qurolli to‘qnashuvlardan qochgan paytda sodir bo‘ladi.

O‘limi hujjatlashtirilgan muhojirlarning uchdan ikki qismidan ko‘prog‘ida ularning shaxsi aniqlashtirilmasdan qolmoqda. BMTning bedarak yo‘qolgan muhojirlar loyihasiga ko‘ra, shu kungacha migrasiya vaqtida halok bo‘lgan 26 666 kishining jasadi topilmagan.

"Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi o‘n yil ichida migrasiya yo‘llari bo‘ylab qariyb 5,5 ming ayol halok bo‘lgan, aniqlangan bolalar soni esa 3,5 ming nafarni tashkil etadi", - dedi XMT bosh direktorining operasiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Ugochi Deniyels.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayollar va bolalar o‘limining haqiqiy soni ancha yuqori, chunki jinsi yoki yoshi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q migrantlar o‘limining umumiy soni taxminan 37 mingni tashkil qiladi.

XMT ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lgan har uchinchi muhojirning kelib chiqishi mojarolardan jabrlangan yoki qochqinlar soni ko‘p bo‘lgan mamlakatlarga borib taqaladi.

Bu mojaro zonalarini xavfsiz marshrutlarsiz tark etishga urinayotganlar halokatli xavf-xatarlarga duch kelishini ko‘rsatadi, deya ta’kidlaydi XMT. Va eng halokatli yo‘l O‘rta dengiz markazi bo‘lib qolmoqda. Ushbu mintaqada 2014 yildan beri kamida 23 092 kishi halok bo‘lgan, deya ta’kidladi tashkilot.

BMTning migrasiya agentligi mamlakatlar va boshqa hamkorlarni muhojirlar o‘rtasidagi yuqori o‘lim ko‘rsatkichlariga barham berish hamda butun dunyo bo‘ylab migrasiya yo‘llari bo‘ylab o‘n minglab odamlarning o‘limi oqibatlarini bartaraf etish uchun birgalikda ishlashga chaqirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!