2019 yildan alkogolli mahsulotlar narxi oshadi

2019 yildan alkogolli mahsulotlar narxi oshadi

O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining “Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori loyihasi joylashtirildi.

Qarorga ko‘ra 2019 yil 1 yanvardan alkogolli mahsulotlarga (pivodan tashqari) yangi minimal ulgurji-sotish va chakana narxlar belgilanadi.

2019 yilning 1 yanvaridan vinoning eng kam ulgurji-sotish narxi bir litr uchun 8000 so‘mni (hozir 6500 so‘m,), eng kam chakana narxi esa 9600 so‘mni tashkil qiladi hozir 7800 so‘m).

Aroq va boshqa alkogolli mahsulotlarning ulgurji narxlari 19 400 so‘m (hozir 16 000 so‘m), chakana narxlari 23 200 so‘mni (hozir 19200 so‘m) tashkil qiladi.

Konyakning chakana narxi 8200 so‘mga oshib, 34 600 so‘m, ulgurji-sotish narxi esa 7 000 ming so‘mga oshib, 22 000 so‘mni tashkil qiladi.

Manba: qalampir.com


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!