2019 yilda narx-navolar keskin ko‘tarilmaydi

2019 yilda narx-navolar keskin ko‘tarilmaydi

Moliya vazirligida tadbirkorlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda moliya vaziri J.Qo‘chqorov yaqinda e’lon qilingan, go‘sht, shakar, kartoshka, non, piyoz, baliq kabi mahsulotlardan QQS olishni bekor qilingani haqida izoh bergan.

Shuningdek, OAV vakillariga 2019 yilda narx-navolar keskin oshmasligini ma’lum qilgan.

To‘g‘risini aytganda, o‘tgan yili non, elektr narxining oshgani hisobiga inflyasiya darajasi 20 foiz bo‘ladi degan tashvishda edik, degan vazir. Lekin hisob-kitoblar bu ko‘rsatkichni 14,3 foizni tashkil etganini ko‘rsatdi. Buning asosiy sababi tadbirkorlarimiz orasida raqobatning keskin oshgani deb aytish mumkin.

Shuningdek, tadbirda korporativ mijozlar uchun savdo va xizmatlar sohasida cheklar joriy etilishi haqida so‘z bordi. Hozirga qadar plastik kartochka yordamida amalga oshirilgan savdo va servis xizmatlariga chekdan tashqari schyot-faktura ham talab etilib, ortiqcha tashvish bo‘layotgan edi. Endi mijozga berilgan chek qonuniy hujjat hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!