2018 yilning birinchi yarmida soliq tushumlari 24,2 trln so‘mni tashkil etdi

2018 yilning birinchi yarmida soliq tushumlari 24,2 trln so‘mni tashkil etdi

O‘zbekistonda 2018 yilning birinchi yarmida davlat byudjetiga tushgan soliq tushumlari 24,2 trillion so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 143,1 foizga ko‘p. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

Bunda mamlakatda tadbirkorlik sub’ektlari soni ko‘paygani muhim rol o‘ynagan. Ayni paytda O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan yuridik shaxslar soni qariyb 430 ming nafarni tashkil etmoqda. O‘tgan yilga nisbatan tadbirkorlar soni 30 mingga oshgan.

Faoliyat ko‘rsatayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar soni esa 195 mingdan 230 mingga yetdi.

Byudjetga tushumlar tarmoqlar bo‘yicha tahlil qilinadigan bo‘lsa, kimyo sanoati tarmog‘ida tushumlar 209 milliard so‘mni tashkil etdi. Bu borada 187,3 foiz o‘sish kuzatildi.

Savdo korxonalaridan tushumlar 3,3 trillion so‘m bo‘lib, 170,7 foiz o‘sishga erishildi. Qurilish sohasi korxonalaridan tushgan tushumlar esa 1 trillion so‘mni tashkil etdi va 170,6 foiz o‘sishga erishildi.

Oziq-ovqat sanoati korxonalaridan 833,5 milliard so‘m, umumiy ovqatlanish korxonalaridan 104,6 milliard so‘m, yakka tadbirkorlar, mahalliy tushumlar, boj va yig‘imlardan 2,9 trillion so‘m daromad keldi. Shu tariqa qariyb 1,5 barobar o‘sish ta’minlandi.


Manba: xs.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!