(18+) “Pul bermagani uchun shu ishni qildim”

(18+) “Pul bermagani uchun shu ishni qildim”

16 may kuni Podmoskovyaning Sergiyev-Posadsk tumanida boshsiz ayolning murdasi topildi. Ma’lum qilinishicha, uning qo‘llari ham uzib olingan edi.

Rossiya ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, o‘ldirilgan ayolning jasadi Nazaryevo qishlog‘i yaqinidagi butalar orasidan topilgan.

Ayolning tana qoldiqlarini o‘sha yerdan o‘tib ketayotgan yo‘lovchi ko‘rib qolgan va milisiyaga xabar bergan.

Polisiya tezlik bilan vahshiylarcha o‘ldirilgan ayolning kimligini aniqlashga muvaffaq bo‘lgan. U orenburglik, izsiz yo‘qolganlar ro‘yxatiga kiritilgan ayol bo‘lib chiqqan.

Gumondor sifatida esa uning o‘gli hibsga olindi. Tergovdan so‘ng u o‘z aybini tan oldi va onasi pul bermagani uchun jahli chiqib uni o‘ldirganini va tanasini mashinaga solib olib ketganini aytib berdi.

Jinoyat izlarini berkitish maqsadida onasining boshi va qo‘llarini uzib tashlganini ma’lum qildi. Unga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!