+18. Farg‘onada erkak xotini va 13 yashar o‘g‘lini qasddan o‘ldirdi (VIDEO)

+18. Farg‘onada erkak xotini va 13 yashar o‘g‘lini qasddan o‘ldirdi (VIDEO)

Farg‘onadagi oilalardan birida mudhish jinoyat sodir bo‘ldi.

"Zo'r TV" kanalining "Bu kun" dasturida aytilishicha, fojiaga oilaviy kelishmovchilik, bir-birini tushunmaslik sabab bo‘lgan. Fojiadan avvalroq erkak mashinasida boshqa bir mashina bilan to‘qnashadi. Jabrlangan tomon pul talab qilib kelganida esa ayol eri bilan janjallashadi. Ro‘zg‘or tashvishi bo‘ynida qolganidan alamzada bo‘lgan ayol erini pichoqlab ham qo‘yadi.

Erkak jarohatidan davolanish uchun uyidan 500 000 so‘m pul olib ketayotganida ayol yana janjal ko‘taradi va erini haqorat qiladi. Natijada jahliga erk bergan er xotinini va 13 yashar o‘g‘lini shafqatsizlarcha o‘ldiradi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudi bu erkakka 22 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!