16 yoshli Greta Tunberg “Time” jurnali tomonidan yil odami deb topildi

16 yoshli  Greta Tunberg “Time” jurnali tomonidan yil odami deb topildi

AQShning Time jurnali talqiniga ko‘ra, yil odami shvesiyalik 16 yoshli Greta Tunberg bo‘ldi. Bu haqda nashrning saytida ma’lum qilindi.

Time jurnali muqovasida Greta Tunbergning Portugaliyada okean qirg‘og‘ida tushgan rasmi aks etgan va unga «Yoshlik kuchi» deb izoh berilgan. Nashr xodimlari Tunbergning «Biz xuddi erta yo‘qdek yashashda davom eta olmaymiz, chunki ertangi kun bor», degan so‘zlarini iqtibos sifatida keltirgan.

Shvesiyalik 16 yoshli Greta Tunberg dunyodagi ekologik harakatning yetakchilaridan biri hisoblanadi. U 2018 yilda Shvesiya parlamenti oldida bir o‘zi norozilik bildirganidan so‘ng mashhur bo‘lib ketdi. Norozilik chiqishi chog‘ida qiz iqlim bo‘yicha Parij bitimi talablariga amal qilishni talab qilgan. 2019 yilning sentyabr oyida Tunberg BMTning iqlim bo‘yicha sammitida nutq so‘zladi. Chiqishi davomida qiz siyosatchilarni uning bolaligini tortib olganlikda ayblagan va ularning zimmasiga iqlim o‘zgarishlari muammolarini yechishni yuklagan.

Avvalroq Time jurnali «Yil odami» mukofotiga nomzodlarning qisqa ro‘yxatini taqdim etgan edi. Ro‘yxatda siyosatchilardan AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi, AQSh prezidenti Donald Tramp, Xitoy raisi Si Szinpin hamda Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Arder o‘rin oldi.

Shuningdek, ro‘yxatda Facebook asoschisi Mark Sukerberg, amerikalik futbolchi Megan Rapino, Trampga nisbatan impichment jarayonining boshlanishiga sabab bo‘lgan MRBning maxfiy xodimi, Trampning shaxsiy advokati Rudolf Juliani, 16 yoshli ekofaol Greta Tunberg va Gonkongdagi norozilik namoyishi ishtirokchilari ham bor edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!