11 sentyabr terakti rejasining muqobil variantlari ham bo‘lgani aytilmoqda

11 sentyabr terakti rejasining muqobil variantlari ham bo‘lgani aytilmoqda

2001 yil 11 setyabrda Nyu-Yorkda uyushtirilgan teraktning tashkilotchilari hujum qilishning muqobil variantlarini ham tayyorlab qo‘ygan, dedi Rossiya tashqi ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari Andrey Fyodorov NTVda efirga chiqib.
Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.

Diplomatning ta’kidlashicha, bir kuni u ushbu voqealardan xabardor bo‘lgan shaxs bilan uchrashgan. U “Al-Qoida” guruhi hujumni bir yil avval rejalashtirgan va bir nechta ssenariyni ko‘rib chiqqanini aytib bergan.

"Al-Qoida" tomonidan ishlab chiqilgan teraktni amalga oshirishning birinchi varianti Nyu-York metrosining asosiy yo‘nalishlarini bir vaqtning o‘zida portlatish bo‘lgan. Ikkinchi variant — shahar markazida, Manxettenda radioaktiv materiallar joylashtirilgan portlatish qurilmasidan foydalanish", — dedi Fyodorov.

Uning fikricha, agar ikkinchi variant amalga oshirilganda Nyu-York iqtisodiyoti ko‘p yillarga to‘xtab qolardi. Biroq terrorchilar hujum qilishdan bir necha oy avval samolyotlardan foydalanish samarali variant, deya xulosaga kelgan.

2001 yil 11 sentyabrda terrorchilar egallab olgan ikkita yo‘lovchi samolyot Nyu-York shahridagi Jahon savdo markazi joylashgan osmonupar egizak binoga kelib o‘rildi va binoni butunlay vayron qildi. Terrorchilar boshqarayotgan yana bir samolyot Vashingtondagi AQSh mudofaa vazirligi binosiga borib urildi. To‘rtinchi samolyot Pittsburg shahri yaqiniga qulagan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, terrorchilar hujumi natijasida Nyu-Yorkda 2 ming 749 kishi, Vashingtonda 189 kishi, Pensilvaniyada 44 kishi halok bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!